O‘zA O`zbek

23.05.2019 10:00 Chop etish versiyasi

“Yevroittifoq institutlari qayta tashkil qilinishi lozim”

“Yevroittifoq institutlari qayta tashkil qilinishi lozim”

Yevropa Ittifoqi hukumati o‘zining “siyosiy rigorizmi”, ya’ni a’zo davlatlarga haddan ortiq iqtisodiy cheklovlarni joriy qilish masalasini qayta o‘ylab ko‘rishi kerak.

Mediaset xabariga ko‘ra, bu haqda Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte fikr bildirgan. Uningcha, keyingi 30 yildagi shunday siyosat ijtimoiy rejalarning barbod bo‘lishiga olib kelgan. “Yevroittifoq shakl va institutlari qayta tashkil qilinishi lozim”, dedi u.

O‘zA
433