Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.06.2018 11:02 Chop etish versiyasi

Yaponiyaga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

Yaponiyaga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda
Tinch okeani Filippin hududidan kelib chiqqan “Maliksi" to‘foni Yaponiya arxipelagi tomon harakatlanmoqda.

Yaponiya bosh meteorologik boshqarmasi ma’lumotlariga asoslanib, bu haqda RIA Novosti habar beradi.

Qayd etilishicha, shamol tezligi sekundiga 30 metr, to‘fon markazidagi bosim darajasi 994 gektopaskal. Kelayotgan haftaning ilk kunida “Maliksi” Yaponiyaning janubi- sharqiy qirg‘oqlariga yetib borishi mumkin. Shu boisdan meteorologlar mamlakatning janubiy hududlari aholisini to‘fon yo‘nalishi haqidagi xabarlarni muntazam kuzatishga chaqirmoqda.

Yapon mutaxassislari “Maliksi” to‘foniga “5” tartib raqamini berishdi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 843