O‘zA O`zbek

10.09.2018 09:51 Chop etish versiyasi

Yaponiyadagi zilzila: Qurbonlar soni oshmoqda

Yaponiyadagi zilzila: Qurbonlar soni oshmoqda

Oʻtgan haftada Xokkaydo orolida sodir boʻlgan kuchli zilzilada qurbon boʻlganlar 44 nafarni tashkil qilmoqda.

RIA Novostining yozishicha, Yaponiya hukumati bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida bu haqda maʼlum qilgan

“Xokkaydo orolidagi zilzilada 44 kishi halok boʻlgan, bedarak yoʻqolganlar yoʻq. Hodisa joyida mudofaa kuchlari, politsiya va yongʻin xavfsizligi xodimlaridan iborat 40 ming qutqaruvchi ish olib bormoqda. Qidiruv-qutqaruv amaliyotlari va gumanitar yordamga 67 vertolyot jalb qilingan” deyiladi Yosixide Suganing bayonotidan keltirilgan iqtibosda.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan haftaning chorshanbaga oʻtar kechasi Xokkaydo orolida 6,7 magnitudali zilzila qayd etildi. Silkinish kuchi maksimal darajaga chiqqan Asuma posyolkasida koʻplab yer oʻpirilishlari sodir boʻlib, tabiiy ofat oʻnlab insonlar hayotiga nuqta qoʻygan. Seysmologlar tahlilicha, orolda bu kabi kuchli zilzila 1998 yildan buyon kuzatilmagan boʻlgan.

Malohat Husanova, OʻzA
2 997