O‘zA O`zbek

15.10.2019 Chop etish versiyasi

Yaponiyadagi to‘fon qurbonlari miqdori 56 nafarga yetdi

Yaponiyadagi to‘fon qurbonlari miqdori 56 nafarga yetdi

“NHK” xabariga ko‘ra, avvalroq, qurbonlar 40 nafar ekani aytilgan. 15 kishi bedarak yo‘qolgan, 204 kishi jarohatlangan.

Ma’lumot uchun, 12 oktabrda Xonsyu oroliga yopirilgan “Xagibis” to‘foni so‘nggi yarim asr davomida Yaponiyadagi eng qudratli to‘fon bo‘lgani qayd etilgan. Qutqaruv va qidiruv ishlariga 100 mingdan ortiq kishi jalb qilindi. Hozirda to‘fon kuchsizlanib ulgurgan.

1 834
O‘zA