Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.07.2018 10:27 Chop etish versiyasi

Yaponiyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni oshmoqda

Yaponiyadagi suv toshqinlarida qurbonlar soni oshmoqda
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiyaning Janubi-G‘arbiy va markaziy hududlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari oqibatida 195 kishi halok bo‘lgan, 4 jabrdiyda og‘ir ahvolda, bedarak yo‘qolganlar soni 23 nafar.

Yaponiya Hukumati Bosh kotibi Yosixide Suga bayonotiga asoslanib, bu haqda RIA Novosti xabar beradi.

Yosixide Suganing qayd etishicha, tabiiy ofatlar sodir bo‘lgan joylarda mudofaa kuchlari, politsiya, yong‘in xavfsizligi xizmati qutqaruv ishlarini olib bormoqda. Mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abe ertaga suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga yana safar qiladi.

O‘z navbatida, NHK telekompaniyasi ham zarar ko‘rgan hududlardagi 5 ming 600 aholi xavfsiz joylarga ko‘chirilgani, ichimlik suvisiz qolgan xonadonlar esa avvalgidek 239 ming atrofida ekanligi, ularning asosiy qismi Xirosima prefekturasiga to‘g‘ri kelayotganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada kunchiqar mamlakatning Janubi-G‘arbiy va markaziy hududlarida kuchli yomg‘ir kuzatildi. Noqulay ob-havo sharoiti suv toshqinlari va yer ko‘chkilariga sabab bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 496