O‘zA O`zbek

14.03.2018 20:18:45 Chop etish versiyasi

Yaponiyada yirik xazina topildi

Xasuda shahridagi arxeologik qazishmalarda qo‘lga kiritilgan xazina Yaponiya tarixidagi eng yirigi deb hisoblanmoqda, deya xabar beradi RIA Novosti.

Tuproq ostidan chiqqan xumning bo‘yi 70 santimetr bo‘lib, uning ichidagi mis tangalar soni 260 ming dona. Eng qizig‘i mis chaqalarning bari teshik. Bu ular ipga tizilgan holda ko‘milganidan dalolat ekan.

Arxeologlar topilmani XV-XVI asrlarga tegishli, deb hisoblamoqda.

Ayni vaqtda xazina ko‘rgazmaga qo‘yilgan.