O‘zA O`zbek

13.10.2019 Chop etish versiyasi

Yaponiyada toʻfon sababli qurbon boʻlganlar soni 19 nafarga yetdi

Yaponiyada toʻfon sababli qurbon boʻlganlar soni 19 nafarga yetdi

Yaponiyaga yopirilgan “Xagibis” toʻfoni qurbonlari soni 19 nafarga yetdi, yana 16 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqida “Kiodo” axborot agentligi xabar tarqatgan.

Bir muddat avval 14 kishining halok boʻlgani aytilayotgan edi. Jabrlanganlar soni esa 150 nafarga yaqinlashgan.

RIA Novostining xabar berishicha, “Xagibis” toʻfoni shanba kuni kechki paytda Yaponiyaning Xonsyu oroliga yopirildi. Toʻfon markazidagi shamol tezligi sekundiga 45 metrni tashkil etmoqda, uning tezligi baʼzi joylarda sekundiga 65 metrgacha kuchaygan. Bunday shamol yuk mashinasi, daraxtlar va elektr taʼminoti ustunlarini agʻdarish uchun yetarli sanaladi. Mamlakatning 12 ta prefekturasi, jumladan Tokioda kuchli yomgʻirlar sababli xavfning eng yuqori darajasi eʼlon qilingan. Xavflilikning bunday darajasi ilk marotaba nafaqat shahar ning chegara hududlarida balki 23 ta markaziy tumanlarida ham joriy etildi.

Kuchli shamollar sababli 376 ming uy elektr energiyasiz qolgan.

Mahalliy hukumat 11 mln aholiga oʻz uylarini tark etishni tavsiya qildi.

Nagano shahrida ikkita “Keksalar uyi“da istiqomat qilgan 160 ga yaqin kishi suv sababli qamalda qolishgan. Shuningdek, toʻfon sababli Tokio koʻrfazida Panamaga qarashli kema choʻkib ketgan. Uning bortida 12 kishi bor edi, ulardan 3 nafarini qutqarishga muvaffaq boʻlingan. Ekipajning qolgan 9 aʼzosining taqdiri nomaʼlum.

2 017
OʻzA