O‘zA O`zbek

05.06.2020 Chop etish versiyasi

Yaponiyada havo isib ketgani uchun niqoblarni yechish taklif etilmoqda

Yaponiyada havo isib ketgani uchun niqoblarni yechish taklif etilmoqda

Yaponiya atrof-muhit vazirligi mutaxassislari yoz kirib, havo isib ketayotgani uchun koʻchada niqobni yechib yurishni taklif etmoqda. Shart shuki, niqoblarni odamlar orasida yetarlicha masofa saqlangan holda yechish mumkin, deyiladi NHK telekanali bergan xabarda.

Juma kuni Yaponiyada salqin ob-havo haqiqiy yoz jaziramasiga aylanib ketdi. Kunning oʻrtasiga kelmay turib Gifu prefekturasida havo harorati 32 darajagacha koʻtarildi, Fukusimada bu koʻrsatkich 31, Tokioda esa 29,7 darajaga chiqdi. Xabarda aytilishicha, kun davomida havo harorati oʻrtacha 34 darajaga chiqishi mumkin.

Shu sababli, vazirlik mutaxassislari niqobda kuchaytirilgan jismoniy harakatlar qilmaslikni, tez-tez suv ichishni, shuningdek, tashqarida niqobni yechib yurishni tavsiya qilmoqda. Shu bilan birga, mutaxassislar koʻchada niqobni yechganda odamlar orasida yetarlicha masofa saqlanishi kerakligini ham taʼkidlashmoqda.

2 330
OʻzA