O‘zA O`zbek

03.08.2018 15:20 Chop etish versiyasi

Yaponiya xalqaro bozorda ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi

Yaponiya xalqaro bozorda ikkinchi o‘ringa munosib ko‘rildi
2-avgust kuni o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, yapon fond bozorida savdo qiladigan barcha kompaniyalar umumiy savdo qiymati 6,17 trillion dollarga yetdi, deb xabar bermoqda Bloomberg axborot xizmati.

Bu raqamlar esa Yaponiyaning xalqaro bozorda Xitoyni ortda qoldirib, AQSH dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallashiga asos bo‘ldi. 2 avgust kuni o‘tkazilgan savdo natijalariga ko‘ra, savdoga qo‘yilgan Shanghai Composite hamda Shenzhen Composite Xitoy indekslari 2 va 2,4 foiz mablag‘ yo‘qotdi.

Yaponiyaning Nikkei 225 indeksi savdo natijalariga ko‘ra , 1 foiz foyda yo‘qotgan. Foizning kamligi uning yakka raqobatga qaytishiga asos bo‘la oladi.

Xitoyning xalqaro reytingda o‘z o‘rnini yo‘qotishi, mamlakat ishlab chiqarish bozori jahon fond bozori oldida o‘rni past ekanligi, mamlakatning iqtisodiy qudrati hali bunga munosib emasligini isbotladi, deb xabar bermoqda Lenta.ru cayti.

Zuhra Mirzaboyeva

2 366