O‘zA O`zbek

08.10.2019 Chop etish versiyasi

Yaponiya mamlakat iqtisodiy zonasida ro‘y bergan hodisa yuzasidan Shimoliy Koreyaga norozilik bildirdi

Yaponiya mamlakat iqtisodiy zonasida ro‘y bergan hodisa yuzasidan Shimoliy Koreyaga norozilik bildirdi

Yaponiya hukumati mamlakat iqtisodiy zonasida sodir bo‘lgan hodisa munosabati bilan Pxenyanga norozilik bildirdi. Mazkur hududda KXDRning baliq ovlaydigan kemasi Yaponiya baliq ovlash inspeksiyasi kemasi bilan to‘qnashib ketgan bo‘lgan. 

“Tegishli bayonot diplomatik kanallar orqali tarqatildi“, degan seshanba kuni Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe parlamentdagi chiqishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Shimoliy Koreya kemalari Yaponiya iqtisodiy zonasida noqonuniy baliq ovlashi mamlakat baliqchilariga xalaqit berish bilan birga, ularning xavfsizligiga tahdid hamdir. Bu jiddiy muammo bo‘lib, hukumat bunday harakatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘radi. 

Dushanba kuni Tokio Noto yarimorolidan (Ishikava prefekturasi) 350 km uzoqlikdagi Yaponiya iqtisodiy zonasida KXDRning noqonuniy baliq ovlashda gumon qilingan kemasi yapon baliq ovlash inspeksiyasi kemasi bilan to‘qnashib ketgani haqida bayonot e’lon qilgan edi. KXDR kemasi 20 daqiqada cho‘kib ketgan. Bordagi 60 kishi qutqarilgan va Shimoliy Koreyaga topshirilgan.

Tokio iddaosicha, so‘nggi paytlarda KXDR kemalari mazkur hududda doimiy ravishda baliq ovlashga urinib kelmoqda. Yaponiya baliq ovlash inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda mamlakat iqtisodiy zonasida mana shunday noqonuniy holatlarga 5 ming martadan ko‘proq duch kelingan.

317
Malohat HUSANOVA, O‘zA