O‘zA O`zbek

10.07.2020 Chop etish versiyasi

Yaponiya maktablari bilan hamkorlik oʻrnatilishi mumkin

Yaponiya maktablari bilan hamkorlik oʻrnatilishi mumkin

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Sarvar Boboxoʻjayev JICAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Takasaka Muneo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda oʻzaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Mehmonlar agentlik va uning tarkibiga kiruvchi maktablar faoliyati bilan tanishdi.

Oʻzbekistondagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining Yaponiya yetakchi universitetlarida taʼlim olishini tashkil qilish masalasi muhokama qilindi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan JICAga Oʻzbekistonda STEAM taʼlimini rivojlantirish uchun oʻzaro hamkorlik taklifi berildi. Ikki tomonlama tashabbuslarni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston va Yaponiya maktablari oʻrtasida birodarlik aloqalarini oʻrnatish haqida fikr almashildi.

Yaponiyalik mutaxassislarga maktablar oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish taklifi maʼqul keldi.

1 780
OʻzA