2018-yilda Yaponiyaning Yokogama shahri yaqinida “Aqlli Sunasima” megapolisi barpo etiladi. Qurilish ishlariga 10 yirik kompaniyani o‘zida jamlagan konsorsium kirishib ketdi.

Mahalliy hokimiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan loyiha tashabbuskorlari Panasonic va Nomura Real Estate Development korporatsiyalaridir. Ular “Aqlli shahar”ning konsepsiyasini taqdim qilishdi.

To‘g‘ri, shaharda fantastik filmlardagi kabi uchar taksilar bo‘lmaydi. Ammo joriy etiladigan texnologiyalarning qiyosi yo‘q. Shaharning katta qismi savdo uylariga beriladi. Markazda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, Keyo universiteti talabalar kampusi, savdo-ko‘ngilochar dargohlar joylashadi.

Energiyadan samarali foydalanuvchi texnologiyalar qo‘llanilishi atmosferaga chiqadigan is gazini 40 foiz qisqartiradi. Suv iste’moli 30 foiz kamayadi. Energiyaning 30 foizi tabiiy manbalardan olinadi. Bundan tashqari, favqulodda hodisalar yuz berganda, shahar uch kun mobaynida o‘zini o‘zi energiya va boshqa resurslar bilan ta’minlaydi.

Energomarkaz shaharning “yuragi”da joylashadi va elektr ishlab chiqarish hamda ta’minotni muvofiqlashtirib turadi. U barcha inshootlarni ekologik toza energiya bilan ta’minlaydi. Tokyo Gas Group kompaniyasi bu yerga yuqori samara beruvchi issiqlik va energiya ishlab chiqaradigan tizim o‘rnatadi.

Elektr energiyasi orqali paydo bo‘lgan issiqlik uylarni va suvni isitadi. Shaharga gaz zilzila va boshqa tabiiy ofatlarga bardoshli maxsus quvurlar orqali yetkazib beriladi.

Sunasimada ekomobillar harakatlanadi. JX Nippon Oil & Energy korporatsiyasi barpo etadigan vodorod quyish stansiyalari ekologik avtomobillarni yonilg‘i bilan ta’minlaydi.

Zamonaviy texnologiyalar Keyo universitetining xalqaro kampusida turli mamlakatlardan kelib tahsil olayotgan talabalarning og‘irini yengil qiladi. Maxsus jihozlar havoning sofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

UNY kompaniyasining aqlli savdo-ko‘ngilochar markazida aholi onlayn tarzda oziq-ovqatlarga buyurtma berishi mumkin. Tomlarga o‘rnatilgan quyosh panellari shahar markazini qo‘shimcha elektr bilan ta’minlaydi. Ko‘chalarga o‘rtatilgan yorug‘lik-diod tizimlari orqali har qanday ma’lumotni olish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Do‘konlarda qanday maxsulot borligi, ularning narxi, yo‘llardagi vaziyat, ob-havo ma’lumoti shular jumlasidandir. Tarjima tizimi esa xorijliklarning savdo markazidagi yumushlarini yengillashtiradi. Ko‘p tarmoqli vidoyekuzatuv tizimi xavfsizlikni ta’minlaydi.

Sunasima aholisi uchun maxsus aqlli uylar quriladi. Har bir xonadonga Smart HEMS tizimi va maishiy akkumulyatorlar o‘rnatiladi. Ulardan foydalangan aholi kundalik odatlaridan voz kechmagan holda ekologik toza turmush tarzidan bahramand bo‘ladi.

Shaharda lift bilan bog‘liq muammo deyarli bo‘lmaydi. Elektr manbai uzilib qolgan taqdirda ham maxsus akkumulyatorlar yordamida odamlar liftlardan bemalol foydalanaveradi.

Sharofiddin To‘laganov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yaponiya “Aqlli Sunasima” megapolisini barpo etmoqchi