O‘zA O`zbek

17.05.2018 15:21 Chop etish versiyasi

Yangilik:Yerdan olis yulduzlarda hayot izlari aniqlandi

Yangilik:Yerdan olis yulduzlarda hayot izlari aniqlandi Yapon olimi Takuya Xasimoto boshchiligidagixalqaro astronomlar guruhi radioteleskop yordamida MACS1149-JD1 galaktikasida kislorod izlarini aniqladi.

Bu haqda“Science Daily” nashri xabar beradi.

Olimlar ALMAradioteleskopi yordamida MACS1149-JD1 galaktikasiЕrdan 13,28 milliard yorug‘lik yili olisligida joylashganini aniqlashgan. Tadqiqotga ko‘ra bu galaktikadagi yulduzlar Buyuk Portlashdan 250 million yil o‘tib paydo bo‘lgan. Ahamiyatlisi,bunchalik “keksa” yulduzlar fanga hozirgacha ma’lum emas edi.

“ALMA orqali mana shunday olis masofada kislorod izlari topilganidan juda hayajondaman. Shubhasiz, bu kashfiyot Koinotni tadqiq etish chegaralarini mislsiz ko‘lamda kengaytirib yuboradi ”, degan yangi tadqiqot haqida guruh rahbari,Osaka universiteti va milliy astronomiya observatoriyasi xodimiTakuya Xasimoto.

Avvalroq hamastronomlar ALMA yordamida Koinotning eng olis nuqtalarida kislorod izlarini aniqlagan edi. Xususan, 2016 yildaolimlarAkio Inoe vaNikolas Laportu Yerdan 13,1-13,2milliard yorug‘lik yili uzoqlikdagi masofalarda hayot belgilarini qayd etishga muvaffaq bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
4 053