O‘zA O`zbek

20.05.2020 Chop etish versiyasi

Yangi Zelandiya turizmni qoʻllab-quvvatlash uchun dam olish kunlarini koʻpaytirmoqchi

Yangi Zelandiya turizmni qoʻllab-quvvatlash uchun dam olish kunlarini koʻpaytirmoqchi

Yangi Zelandiya hukumati fuqarolarning mamlakat ichkarisida koʻproq sayohat qilishi hamda turizm biznesini qoʻllab-quvvatlash uchun qoʻshimcha dam olish kunlarini joriy qilish imkonini koʻrib chiqmoqda, deb xabar beradi Stuff agentligi.

Bosh vazir Jasinda Ardernning taʼkidlashicha, bu turizm sohasida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarga yordam berish uchun koʻrib chiqilayotgan gʻoyalardan biri hisoblanadi. “Hukumat fuqarolarning mamlakat ichkarisida koʻproq sayohat qilishini ragʻbatlantirish yoʻllarini qidirmoqda“, dedi u.

Yangi Zelandiyaning “Tourism Industry Aotearoa” turizm kengashi direktori Kris Robertsning qoʻshimcha qilishicha, ichki turizmni rivojlantirish uchun mamlakatda qiziqarli bayramlarni yoki dam olish kunlarini koʻpaytirish kerak.

Bundan avvalroq turizm sektorini qoʻllab-quvvatlash uchun Yangi Zelandiya vazirlar mahkamasi 400 million dollar ajratgandi. Ammo hukumat rahbarining taʼkidlashicha, bari bir ayrim sayyohlik kompaniyalari koronavirus pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlar oqibatida xonavayron boʻlishi mumkin.

1 409
OʻzA