O‘zA O`zbek

29.07.2019 Chop etish versiyasi

Yangi hukumat davrida mamlakat 31-oktyabrgacha Yevroittifoqdan chiqadi

Yangi hukumat davrida mamlakat 31-oktyabrgacha Yevroittifoqdan chiqadi

Buyuk Britaniya bitimsiz Yevropa ittifoqidan chiqadi, negaki bitimga erishishning oʻzi mushkul ish. Maxsus topshiriqlar boʻyicha vazir Maykl Gouv Sunday Times gazetasiga intervyusida shunday fikr bildirdi. Avvalroq bosh vazir Boris Jonson hukumatning “keskin Brexit”ga tayyorgarlik ishlarini muvofiqlashtirishni unga topshirgandi.

“Endi toʻxtalishlar boʻlmaydi, Brexitning amalga oshishi boshlanib ulgurdi”, dedi Gouv. Uningcha, yangi bosh vazir va yangi hukumat davrida mamlakat 31-oktyabrgacha Yevroittifoqdan chiqadi.

608
OʻzA