O‘zA O`zbek

05.06.2020 Chop etish versiyasi

Yamanda jurnalist stringerni otib ketishdi

Yamanda jurnalist stringerni otib ketishdi
Yaman poytaxtida nomaʼlum shaxslar Ruptly videoagentligi stringeri Nabil Xassan al-Kaitini otib ketishdi, deb xabar beradi RT Telegram kanali.

Xabarda aytilishicha, jurnalistni oʻzining uyi oldida oʻldirishgan.

"U baʼzi-baʼzida Ruptly uchun syujetlar olardi, shuningdek, boshqa agentliklar uchun ham ishlardi. Nabilning uch nafar farzandi yetim qoldi", — deyiladi RT telegram kanali.

Videoagentlikdagilar al-Kaitining mehnatsevarligi va oʻz kasbining fidoyiligiga yuqori baho berishdi. U mintaqadagi mojarolarni, millionlab odamlarning qanday dahshatli sharoitlarda kun kechirayotganini haqqoniy yoritishga harakat qilardi.

“Bu dahshatli yoʻqotish boʻldi. Uning oʻldirilishi butun dunyoda jurnalistlar haqiqatni yoritaman deb, qanday tahdidlarga duch kelishini yana bir bor eslatadi”, deya taʼkidlanadi xabarda.

2 232
OʻzA