O‘zA O`zbek

06.09.2019 Chop etish versiyasi

Yadro quroli haqida: “Bizda bitta ham bo‘lmasligi kerak”

Yadro quroli haqida: “Bizda bitta ham bo‘lmasligi kerak”

Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo‘g‘on qaysidir davlatlar yadro quroliga ega bo‘lgan holda Turkiya singari davlatning yadro ishlanmalari bilan shug‘ullana olmasligini qabul qilib bo‘lmaydi, deb ta’kidladi.

Turkiya 1980 yilda yadro qurolini tarqatmaslik bo‘yicha xalqaro kelishuvga qo‘shilgan.

“Kimdadir bir emas, bir necha yadro kallaklari bor, bizda esa, bitta ham bo‘lmasligi kerak. Bizga doim bunday qilma, deyishadi”, dedi Erdo‘g‘on Sivas shahridagi chiqishida. U hozirda Turkiya o‘z mudofaa qudratini mustahkamlayotganini aytdi, deyiladi Ria Novosti xabarida.

514
O‘zA