O‘zA O`zbek

17.02.2020 Chop etish versiyasi

Xubey viloyati koronavirus yuqtirganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallamoqda

Xubey viloyati koronavirus yuqtirganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallamoqda

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1770 kishiga yetdi. 10 mingdan ortiq kishi sog‘ay, virusni yuqtirganlar soni esa 70,5 mingdan oshdi, deyiladi BelTA axborot agentligining Xitoy Gigiena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasi ma’lumotiga asosan tarqatgan xabarida.

Mamlakatda Xubey markaziy viloyati kasallikni yuqtirganlar sonining ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallamoqda. Bu yerda virus bilan kasallangan 58,1 mingdan ortiq kishi ro‘yxatga olingan. Ulardan 1 696 kishi vafot etgan, 6639 kishi esa sog‘aygan.

Shuningdek, kasallikni yuqtirganlar soni Guandunda 1,3 mingdan ortiq, Xenan va Chjeszyan provinsiyalarida 1,1- 1,2 ming aholini tashkil etmoqda.

2 496
O‘zA