O‘zA O`zbek

17.02.2020 Chop etish versiyasi

Xitoyning koronavirusdan ko‘rgan zarari ma’lum qilindi

Xitoyning koronavirusdan ko‘rgan zarari ma’lum qilindi

Yangi koronavirusning tarqalishi tufayli dunyoning ikkinchi iqtisodiy giganti hisoblanmish — Xitoy 2020 yilning birinchi choragida 1 trillion yuan (143,1 milliard dollar) zarar ko‘rgan. Bu mamlakat YaIMining bir foizini tashkil etadi, deb ma’lum qildi “Tayxe“ tahliliy markazining ilmiy xodimi Chjan szyajuy RIA novostiga.

Uning aytishicha, ofat tufayli ayniqsa, umumiy ovqatlanish muassasalari, turizm va chakana savdo ko‘p zarar ko‘rgan.

Hukumat epidemiyaning iqtisodiyotga ta’siri qisqa muddatli ekani haqida doimiy ravishda bayonot berib kelmoqda. Rahbariyatning ta’kidlashicha, kasallik bartaraf qilingach, iste’mol ehtiyoji va boshqa iqtisodiyotni rivojlantiruvchi drayverlar qayta jonlanadi. Lekin, ekspertning fikricha, koronavirus tarqalishi ko‘plab korxonalarni xonavayron qilishi mumkin.

Chjan szyajuyning ta’kidlashicha, hukumat kasallik tarqalishining oldini olish uchun qator jiddiy choralar ko‘rdi. Masalan, Uxan va Xubey viloyatining boshqa bir qator shaharlari yopildi, yangi yil ta’tili uzaytirildi, yirik tadbirlar bekor qilindi, jamoat transportlarida mamlakat bo‘ylab safarlarni qisqartirdi.

“Shunga qaramay, epidemiya Xitoyning makro va mikroiqtisodiyotiga salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda”, dedi ekspert.

2 568
O‘zA