O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

Xitoyning harbiy byudjeti 2020-yilda 6,6 foizga oshadi

Xitoyning harbiy byudjeti 2020-yilda 6,6 foizga oshadi

Xitoyning harbiy xarajatlari 2020-yilda 6,6 foizga oshiriladi va 1,27 trillion yuanni (178,8 milliard dollar) tashkil etadi, deyiladi mamlakatning 2020-yilgi buyudjet loyihasida.

“Milliy mudofaa xarajatlari 1,268 trillion yuanni tashkil etadi, oʻtgan yil bilan taqqoslaganda oʻsish 6,6 foiz“, deya qayd qilingan Umumxitoy xalq vakillari majlisining har yilgi sessiyasi ochilishida eʼlon qilingan mazkur hujjatda.

Xitoy har yili mudofaa xarajatlarini oshirib bormoqda. Ayni paytda XXR harbiy byudjeti kattaligi jihatidan dunyoda faqat AQSHdan keyingi oʻrinda bormoqda. 2019-yilda mamlakatning harbiy xarajatlari 7,5 foizga oshib, 177,6 milliard dollarga yetgandi. Ushbu tendensiya boshqa davlatlarning tanqidiga sabab boʻlmoqda. Xitoy bunday tanqidlarga javoban, mamlakatning harbiy xarajatlari uning iqtisodiy rivojlanishiga mutanosib ravishda oʻsayotganini taʼkidlab keladi.

1 239
OʻzA