O‘zA O`zbek

23.07.2020 Chop etish versiyasi

Xitoyliklarning qizil sayyorani oʻrganishga qaratilgan harakati

Xitoyliklarning qizil sayyorani oʻrganishga qaratilgan harakati

Bugun Xitoyning Marsni tadqiq etuvchi sayyoralararo avtomat stansiyali “Chanchjen-5” (CZ-5) ogʻir raketa tashuvchisi uchirilishi rejalashtirgan. Bu haqda Xitoy ommaviy axborot vositalari xabar tarqatmoqda.

Bu xitoyliklarning qizil sayyorani oʻrganishga qaratilgan ilk harakati boʻladi. Raketa tashuvchining uchirilishi Xaynan orolidagi Venchan kosmodromida amalga oshiriladi. Raketa “Tyanven-1” orbital apparati va marsoxod bilan birgalikdagi qoʻnish yoʻlakchasini koinotga olib chiqishi kerak.

Raketa olib chiqqan sayyoralararo stansiya Marsdagi hayot alomatlari va u yerga insonning koʻchib oʻtish imkoniyatlarini tadqiq qiladi.

1 597
OʻzA