Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.01.2018 11:05 Chop etish versiyasi

Xitoylik tadbirkor ishchilarning maoshini g‘isht bilan to‘ladi

Xitoylik tadbirkor ishchilarning maoshini g‘isht bilan to‘ladi Xitoyning Szyansi provinsiyasidagi Nanchan shahrida g‘isht zavodi egasi ishchilarning ish haqini g‘isht bilan to‘ladi. Bu haqda lenta.ru xabar berdi.

Zavod egasi 30 ishchi-muhojirning 900 ming yuan ish haqini bermay kelgan. Tadbirkor bilan muzokaralar natija bermagach ishchilar mahalliy ma’muriyatga yordam so‘rab murojaat qilgan. Shundan so‘ng tadbirkor qarzlarini to‘lagan, lekin pul o‘rniga ishchilarga g‘isht tarqatgan.

Zavod egasining ish haqini nega kechiktirgani va ishchilar maoshining bu tarzda to‘langanidan rozi yo norozi ekanligi ma’lum qilinmagan.

O‘zA
13 117