O‘zA O`zbek

16.02.2020 Chop etish versiyasi

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1665 kishiga yetdi

Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 1665 kishiga yetdi

Xitoydagi yangi koronavirus qurbonlari soni 1665 kishiga yetdi, shifo topganlar soni esa 9,419 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallik avj olgandan buyon virus bilan zararlanganlar 68 mingdan oshgan.

TASSning xabar berishicha, bu haqida bugun XXRning gigiyena va sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi maʼlum qilgan.

Shanba kuni qoʻmita 66,4 mingdan ortiq kishi infeksiya yuqtirganligi, 1523 kishi qurbon boʻlgani va 8096 nafar bemor sogʻayganini eʼlon qilgandi.

Soʻnggi rasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda 158 mingdan ortiq odam kasallanganlar bilan yaqin aloqada boʻlganlar va ular hozirda shifokorlar nazorati ostida. Tibbiy muassasalarda 11,2 mingdan ortiq bemor ogʻir ahvolda qolmoqda. Xitoyda, shuningdek, 8,2 mingdan ortiq odam koronavirusni yuqtirganlikda gumon qilinib, karantinda saqlanyapti.

3 082
OʻzA