Xitoyning Sichuan provinsiyasida beshinchi sinf bolalariga berilgan masala butun dunyoda kattalarni ham hayratga soldi.

O‘quvchilarga agar kemada 26 qo‘y va 10 echki bo‘lsa, kapitanning yoshi nechadaligini aniqlash so‘ralgan. Xitoy OAV bolalar ushbu masalaga ijodkorlik bilan yondashganini ta’kidlamoqda. Kimdir kapitanning yoshi o‘n sakkizdan kam emas, aks holda unga kemani boshqarishni topshirishmagan bo‘lardi, deb yozgan bo‘lsa, boshqasi kapitan 36 yoshda, jonivorlarning soni ham shunga to‘g‘ri keladi, deb javob bergan.

Xitoy matbuoti to‘g‘ri javobni e’lon qilganiga qaramasdan, tarmoqlarda uning javobini topish davom etgan. «Men 42 yoshda degan bo‘lardim, lekin javob 28 (etarli amaliyotga ega bo‘lgach yuk kemalari uchun litsenziya olish yoshi) yoki undan yuqori deyilgan ...» – deya taxmin qilgan Mads Nybo Jorgensen.

Ayrim foydalanuvchilar jonivorlarning umumiy vaznini o‘lchash kapitanning yoshini aniqlashga yordam beradi, deb hisoblaydi. «Har bir jonivorning o‘rtacha og‘irligini hisobga olganda 26 qo‘y va 10 echkining umumiy vazni 7,7 ming kilogramm», – deb India Times foydalanuvchining hisob-kitobini e’lon qilgan.

Biroq foydalanuvchilar masalaning to‘g‘ri javobiga yaqinlashmadi, ular faqat jonivorlarning umumiy vazni haqidagi bahs-munozaralarga kirishib ketib, masaladan chalg‘ib ketishdi.

Xitoy maktabida avvaldan masalaning javobi yo‘qligi, bu masala o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini tekshirish uchun o‘ylab topilganini tushuntirgan bo‘lishiga qaramay, foydalanuvchilar bahs-munozarani davom ettirmoqda. Ba’zilar esa bu kabi masalalarni nafaqat Xitoy maktablarida, balki, boshqa davlatlarda ham tatbiq etishni taklif qilmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xitoyda beshinchi sinf bolalariga berilgan masala butun dunyoda kattalarni hayratga soldi