O‘zA O`zbek

17.05.2018 17:11 Chop etish versiyasi

Xitoyda ballistik raketalarni xususiy kompaniyalar ham ishlab chiqarmoqda

Xitoyda ballistik raketalarni xususiy kompaniyalar ham ishlab chiqarmoqda Xitoyning “One Space Technology” xususiy kompaniyasi o‘zi ishlab chiqargan ballistik OS-X rekatasini sinovdan o‘tkazdi.

Bu haqda RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesiga asoslanib, xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha,OS-Xning ko‘kka parvozi bugun mamlakat shimoli-g‘arbidan mahalliy vaqt bilan 7.33 da amalga oshirilgan. Ballistik raketaning uchish trayektoriyasi 306 sekundni tashkil etib, sinov muvaffaqiyatli yakunlangan.

OS-Xning uzunligi 9 metrni tashkil qiladi. Ballistikraketa zarur yukni Yer orbitasiga olib chiqishga qodir.

“China Daily” gazetasining yozishicha, “One Space Technology" o‘tgan yilning may oyida “Chongqing Liangjiang Aviation” kompaniyasi bilan Chunsinda tadqiqot bazasi tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Aqlli qurish va yig‘ish”, tajriba markazlari va bir nechta laboratoriyalarni o‘z ichiga olgan mazkur baza shu yilning oxiriga qadar ishga tushishi kutilmoqda.

Shu tarzda imkoniyatlari oshayotgan “One Space Technology”yiliga 30 ta raketaniyig‘ish va sinovdan o‘tkazishga erishib, 240 million dollar daromad ko‘rmoqchi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 384