O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Xitoyda “aqlli avtomobillar” dasturi amaliyotga joriy qilina boshlandi

Xitoyda “aqlli avtomobillar” dasturi amaliyotga joriy qilina boshlandi

Xitoy sharqidagi Chjeszyan provinsiyasida “Aqlli shahar” dasturining tarkibiy qismi bo‘lgan “aqlli avtomobillar” dasturi amaliyotga joriy qilina boshladi. “Sinxua” agentligi taraqqiyot va islohotlar qo‘mitasining rejasiga asoslangan holda shunday xabar beradi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, “aqlli taraqqiyot” yo‘nalishlaridan biri sifatida avtomobil harakati atrof-muhit, yuksak aniqlik va virtual rejalashtiruv bilan muvofiq bo‘ladi. 2022 yilda bu provinsiyada avtomobillar soni 3 yarim milliontaga yetadi.

416
O‘zA