Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2018 10:11 Chop etish versiyasi

Xitoyda 5,9 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Xitoyda 5,9 magnitudali zilzila sodir boʻldi

Bugun mahalliy vaqt bilan 10:31 da Xitoyning janubi-gʻarbiy qismidagi Yunnan provinsiyasida kuchli yer silkinishi kuzatildi. Xitoy seysmologiya markazi maʼlumotlariga koʻra, 5,9 magnitudali zilzila oʻchogʻi 11 kilometr chuqurlikda joylashgan boʻlgan.

RIA Novostining yozishicha, hozircha vayronagarchiliklar va jabrlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 6 sentyabrida Yaponiyaning Xokkaydo orolida oʻtgan 20 yil ichidagi eng kuchli zilzila sodir boʻldi. Mahalliy vaqt bilan 3:00 atrofida boshlangan 6,7 magnitudali yer silkinishi vaqtida binolar joyidan siljib ketgan, koʻplab imoratlar vayron boʻlgan. Xorijiy OAVning soʻnggi xabarlariga koʻra, tabiiy ofatda halok boʻlganlar 21 nafarni tashkil etmoqda.

Malohat Husanova, OʻzA
1 306