O‘zA O`zbek

06.08.2018 11:18 Chop etish versiyasi

Xitoy yangi uchar uskunalar sinovini o‘tkazdi

Xitoy yangi uchar uskunalar sinovini o‘tkazdi

Uskuna ixtirochilarining so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqarish ishlari 3 yil davom etgan.

“Xitoy aerokosmik bilimlar va texnologiyalar aksiyadorlik jamiyati “Sinkun-2” ( yulduzli osmon) yuqori ovoz tezligidagi uchar uskunasi sinovini muvaffaqiyatli yakunladi“, deya xabar bermoqda Xitoy aerokosmik aerodinamika akademiyasi.

Sinov amaliyoti juma kuni Xitoyning shimoliy-g‘arbiy hududidagi harbiy maydonchalardan birida o‘tkazildi. Qurilma yerdan 30 km. balandlikda 10 daqiqa davomida havoda muallaq turdi. Bu vaqt ichida u bir qancha mashqlarni bajarib, belgilangan joyga qo‘ndi.

“Uskuna ixtirochilarining so‘zlariga ko‘ra, uni ishlab chiqarish ishlari 3 yil davom etgan“, deya xabar bermoqda Ria novosti sayti o‘zining xabarnomasida.

Zuhra Mirzaboyeva, O‘zA
2 196