O‘zA O`zbek

10.10.2018 Chop etish versiyasi

Xitoy xalqaro nizolarni keltirib chiqarmaslikka chaqirildi

Xitoy xalqaro nizolarni keltirib chiqarmaslikka chaqirildi Tayvan prezidenti Say In-Ven Xitoyni jahon sahnasida masʼuliyatli mamlakat boʻlishga, ortiqcha ziddiyatlarni qoʻzgʻashni emas, balki oʻzaro ahillikni oʻrnatishga chaqirdi.

Say bu haqda chorshanba kuni Tayvan milliy bayrami, yaʼni Xitoyning tashkil etilganiga 107 yil toʻlishi munosabati bilan televideniyeda qilgan nutqida aytib oʻtgan.

Ayni kunlarda Xitoyning ogʻzaki hujumlari, harbiy tahdidlar va diplomatik bosimlari nafaqat mamlakatlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarga, balki tinchlik va barqarorlikka ham putur yetishiga sabab boʻlishi mumkin“, dedi u.

Say In-Ven kelgusida tobora oʻsib borayotgan tahdidlarga javoban orolning milliy xavfsizligini mustahkamlash uchun ish olib borishini aytdi. Sentyabr oyida AQSH Tayvanga 330 million dollarlik qurol-yaroq yetkazib berish boʻyicha bitimni tasdiqlagan.

Shuningdek, AQSH vitse-prezidenti Mayk Pens AQSHda qilgan chiqishida, Xitoy hukumatini AQSHga ham, butun dunyoga ham salbiy taʼsir koʻrsatganlikda ayblagan edi.

1 981
OʻzA