Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.06.2018 16:09 Chop etish versiyasi

Xitoy va Qozog‘iston investitsiya jamg‘armasiga asos soldi

Xitoy va Qozog‘iston investitsiya jamg‘armasiga asos soldi
Qozog‘iston davlat rahbari Nursulton Nazarboyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida “Eurasian Nurly (Bright) Investment Fund” (Yevrosiyo Nurli Investitsiya Jamg‘armasi) ni tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Bu haqda “Kazinform” xabar beradi.

Bitimga Qozog‘iston tomonidan “ “Bayterek” milliy boshqaruv xolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Aydar Arifxanov va Xitoy tomonidan “CITIC Eurasian Capital Limited”Bosh direktori Sun Yan hamda Xitoy-Yevrosiyo iqtisodiy hamkorlik jamg‘armasi prezidenti Lin Gan imzo chekkan.

Qayd etilishicha,“Yevrosiyo Nurli Investitsiya Jamg‘armasi”Xitoyning “CITIC Group”, “China Eurasian Economic Cooperation Fund”, “Asia Investment Finance Group Limited” kabi yirik va xususiy investorlarini Qozog‘istonga jalb qilish imkonini berib, uning rejalashtirilayotgan jamg‘armasi 500 million AQSH dollari atrofida bo‘ladi.Shuningdek, yangi jamg‘armaning asosiy investitsiyalari Qozog‘istoniqtisodiyotining turli tarmoqlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga, xususan, infrastrukturani rivojlantirish, tabiiy zaxiralarni qayta ishlash, logistika, axborot texnologiyalari vaagrosanoat majmualariga yo‘naltiriladi.

Xabarda eslatilishicha, 2017-yilning 7-iyun sanasida Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostonada o‘tkazilgan sammiti doirasidainvestitsiya fondini tashkil etish borasida hamkorlik memorandumi imzolangan bo‘lgan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 107