O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Xitoy va AQSh davlat rahbarlari o‘rtasida muloqot barqaror davom etmoqda

Xitoy va AQSh davlat rahbarlari o‘rtasida muloqot barqaror davom etmoqda

Xitoy raisi Si szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp turli vositalar orqali muttasil o‘zaro aloqada bo‘lib turibdi.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Gen Shuan brifingda tegishli savolga javob bera turib, “Javobim siz uchun kutilmagan bo‘lishi mumkin, lekin Si szinpin va Tramp muttasil aloqada bo‘lib turadi” dedi. Bu haqda TASS xabar tarqatgan.

Ma’lumot uchun, yakshanba kuni AQSh Prezidenti Donald Tramp jurnalistlar bilan Oq uydagi uchrashuvida Vashington va Pekin o‘rtasidagi savdo bitimi tayyor bo‘lishi bilanoq imzolanishini aytgandi. 

357
O‘zA