O‘zA O`zbek

18.02.2020 Chop etish versiyasi

Xitoy Tashqi ishlar mahkamasi: "AQSh ayg‘oqchilik bo‘yicha dunyoda tengsiz"

Xitoy Tashqi ishlar mahkamasi: "AQSh ayg‘oqchilik bo‘yicha dunyoda tengsiz"
Qo‘shma Shtatlar ayg‘oqchilik bo‘yicha dunyoda tengsiz, u haqiqiy “hakerlar imperiyasi”.

Xitoy Tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan shunday bayonot berdi, deyiladi “TASS“ xabarida.

“Dalillarning yana bir marotaba tasdiqlashicha, AQSh xalqaro kibermuhitda yirik yo‘lto‘sar davlat hisoblanadi”, dedi u.

Gen Shuanning aytishicha, AQShning pinhoniy eshitish tizimi har qanday qonunsizlik va hadsizlikdan o‘tib tushadi.

Diplomat AQSh va Germaniya maxsus xizmatlari 120 mamlakatning maxfiy ma’lumotlaridan voqif  bo‘lganiga shu tariqa munosabat bildirdi.


2 013
O‘zA