O‘zA O`zbek

03.08.2018 13:42 Chop etish versiyasi

Xitoy sohillariga Jondari to‘foni urildi

Xitoy sohillariga Jondari to‘foni urildi
Bugun mahalliy vaqt bilan soat 10:30da urilgan to‘fon shu yilning o‘zida malakatning Sharqiy sohilbo‘yi hududlariga urilgan 20-to‘fon bo‘lib qayd etildi.

3-avgust kuni Xitoyning Shanxay hamda mamlakatning Sharqiy sohilbo‘yi qismida joylashgan Chjeszyan provinsiyasiga Jondari to‘foni urildi. 130 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Rasmiylarning bayonotiga ko‘ra, talafot oqibatida qurbonlar aniqlanmagan, deb xabar bermoqda XXRning meteorologiya boshqarmasi.

To‘fon avj olgan nuqtasida kuchli shamol ko‘tarildi. Shu kuni mamlakat meteorologiya markazi hududda aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida avval o‘rnatilgan xavflilik harakatining “sariqlik” darajasini kuchaytirdi.

Eslatib o‘tamiz, shu kungacha, mamlakatning ba’zi tumanlarida harakatning yuqoriroq “olovranglilik” darajasi qo‘llanilayotgan edi. 

Shanxay hukumatining fuqarolar xavfsizligini ta’milash yo‘lidagi profilaktika tadbirida 134 ming aholi evakuatsiya qilinishi mo‘ljallangan. 

Meteorologlarning bergan xabarlariga ko‘ra, to‘fon qit’aning ichki qismida harakatini davom ettirishi, sekin-asta so‘nib, 4 avgust kuni havo me’yorlashuvi kutilmoqda.

Zuhra Mirzabayeva

2 800