Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.07.2018 13:06 Chop etish versiyasi

Xitoy Jahon savdo tashkilotini himoya qilishga tayyor

Xitoy Jahon savdo tashkilotini himoya qilishga tayyor
Xitoy JST tamoyillarini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Xitoy Xalq Respublikasi tijorat vaziri Chjun Shanning shu mazmundagi bayonoti “Jenminjibao“ gazetasida chop etildi.

Bayonotda qayd etilishicha, Xitoy ochiq turdagi jahon iqtisodiyotini tashkil etishga ko‘mak beradi, JST tamoyillarini himoya qiladi, ko‘p tomonli savdo mexanizmini qo‘llab-quvvatlaydi, mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani ilgari suradi, erkin savdo hududini yaratishga hissa qo‘shadi, proteksionizmning turli shakllariga qarshi kurashadi. Va bundan keyin ham mamlakat ko‘p tomonli savdo mexanizmi (JST nazarda tutilmoqda)ning faol a’zosi bo‘lib qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, XXR tijorat vazirining mazkur bayonoti mamlakat va AQSH o‘rtasida davom etayotgan savdo ziddiyati fonida e’lon qilindi. Avvalroq esa, OAV Donald Tramp ma’muriyati Vashingtonga JST talablarini chetlab o‘tishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini konressga taqdim etishga shaylanayotgani haqida xabarlar tarqatgan edi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 697