O‘zA O`zbek

15.02.2020 Chop etish versiyasi

Xitoy AQSHni mamlakatning xorijdagi korxonalariga bosimni toʻxtatishga chaqirdi

Xitoy AQSHni mamlakatning xorijdagi korxonalariga bosimni toʻxtatishga chaqirdi

Xitoy AQSHni mamlakatning xorijdagi korxonalariga asossiz oʻtkazilayotgan bosimni zudlik bilan toʻxtatishga chaqiradi, dedi tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan onlayn-brifingda.

“Xitoy hukumati hamisha korxonalarga tashqi hamkorlikda xalqaro meʼyorlarga va mahalliy qonunlarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni uqtiradi”, dedi diplomat.

Ria Novostiga xabariga koʻra, u: “Bunday boshboshdoqlik AQSHning oʻzi olqishlovchi bozor iqtisodi mezonlarini ochiqchasiga inkor qilish boʻlib, AQSH obroʻiga, pirovardida esa, amerikalik kompaniyalar manfaatiga putur yetkazadi”, deb taʼkidlagan.

2 679
OʻzA