Xitoy AQSH sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan hamkorlikni davom ettiradi
Xitoy AQSH sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettiradi, bu haqda Xitoy TIVning rasmiy vakili Gen Shuan maʼlum qildi, yozmoqda RIA Novosti
Xitoy AQSH sanksiyalariga qaramasdan Rossiya bilan strategik hamkorlikni davom ettiradi, bu haqda Xitoy TIVning rasmiy vakili Gen Shuan maʼlum qildi, yozmoqda RIA Novosti
Xitoy AQSHga Rossiya bilan harbiy hamkorligi uchun kiritilgan sanksiyalar boʻyicha keskin bayonot tayyorladi.
“Xitoy tomoni AQSHning yangi sanksiyalar boʻyicha keskin noroziligini bildiradi. AQSH harakatlari xalqaro aloqalarning asosiy tamoyillarini qoʻpol tarzda buzdi”, - deb taʼkidladi Xitoy TIV vakili
Gen Shuan soʻzlariga koʻra, bu oʻz navbatida Xitoy va AQSH qurolli kuchlari oʻrtasidagi aloqalariga putur yetkazadi.
“Biz Rossiya tomoni bilan ikki davlat yetakchilari oʻrtasida erishilgan kelishuvni roʻyobga chiqarishni davom etamiz. Ikki davlat oʻrtasida strategik sherikchilikni yangi bosqichga koʻtaramiz”, - dedi u.
Payshanba kuni Vashington Xitoy Markaziy harbiy kengashi, harbiy tayyorgarlik departamenti va uning rahbari Li Shanfga nisbatan cheklovlarni kiritdi.
Oq uyning maʼlum qilishicha, sanksiyalar oʻtgan yil dekabrda Rossiyadan Su-35 va 2018 yil yanvarda S-400 zenit raketa tizimlarini sotib olinishi bilan bogʻliq.
Ikkita kelishuv AQSHning Rossiyaga qarshi sanksiyalar kuchga kirgandan keyin amalga oshirilgan.
Vashington bayonotiga koʻra, yangi choralar Moskvaga qaratilgan. Ammo Rossiya yoki Xitoy mudofaa qobiliyatini zaiflashtirishni nazarda tutmaganligini taʼkidladi.