O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Xitoy AQSh sanksiyalariga norozilik bildirmoqda

Xitoy AQSh sanksiyalariga norozilik bildirmoqda

Xitoy hukumati mamlakatdagi 28 kompaniyaga AQSh tomonidan sanksiya joriy qilinganiga norozilik bildirdi.

Tashqi ishlar mahkamasi rasmiy vakili Gen Shuan o‘z bayonotida, “AQSh Xitoyning muxtor tumanidagi inson huquqlari bo‘yicha ma’lumot bahonasida kompaniyalarga sanksiya qo‘lladi”, deb ta’kidlagan.

“Bu harakat xalqaro huquq me’yorlariga zid va Xitoyning ichki ishiga aralashuvdir. Bunga qat’iy norozilik bildiramiz”, deyiladi “Ria Novosti”ning bayonotdan olgan iqtibosida.

429
O‘zA