O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Xitoy-AQSH: navbatdagi savdo muzokaralari natijasi maʼlum boʻldi

Xitoy-AQSH: navbatdagi savdo muzokaralari natijasi maʼlum boʻldi

Xitoy bilan AQSH oʻzaro savdo ziddiyatini bartaraf etuvchi kelishuvlarni amalga oshirishning ikki tomonlama mexanizmini ishlab chiqish istagida.

Bu haqda RIA Novosti Vashingtonda ikki mamlakat savdo vakillari oʻrtasida boʻlib oʻtgan navbatdagi muzokaralar natijalariga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, muzokaralarda tomonlar savdo ziddiyatini bartaraf etish borasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning ikki tomonlama mexanizmini yaratish lozimligini qoʻllab-quvvatlagan. Bu mexanizm belgilangan chora-tadbirlarni amalda bajarishning kafolati boʻlib xizmat qiladi. 

Oʻtgan yilda Xitoy va AQSH koʻp milliardlik tovarlarga bojlar miqdorini oshirish boʻyicha savdo bahsiga kirishgan edi. Dekabr oyining boshida Argentinada boʻlib oʻtgan G20 sammiti doirasida ikki mamlakat rahbarlari savdo ziddiyatida “vaqtinchalik sulh”ga erishdi. Oʻtgan haftada esa Donald Tramp AQSHning Xitoy bilan adolatli savdo munosabatlariga erishishiga ishonishini bildirdi. 

1 199
Malohat Husanova, OʻzA