O‘zA O`zbek

17.02.2020 Chop etish versiyasi

Xavfsizlik bo‘yicha 56-xalqaro anjuman yakunlandi

Xavfsizlik bo‘yicha 56-xalqaro anjuman yakunlandi

Myunxenda xavfsizlik bo‘yicha 56-xalqaro anjuman yakuniga yetdi.

Bavariya poytaxtida o‘tkazilgan forumda 800 dan ortiq delegat, jumladan, 150 davlat rahbari ishtirok etdi, deyiladi "RIA Novosti" xabarida. 

Tadbir natijalari bo‘yicha so‘z yuritgan anjuman raisi Volfgang Ishinger, ko‘zda tutilganidek, anjuman haqiqiy debatlar bilan o‘tganini aytdi. 

Anjuman bugungi kunda dunyo siyosiy elitasi uchun munozara klubi vazifasini o‘taydi. Bunda yakuniy qaror imzolanmaydi va u fikr almashish uchun xolis imkon sanaladi. 

2 151
O‘zA