O‘zA O`zbek

09.10.2018 Chop etish versiyasi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ogohlantiradi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi ogohlantiradi

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi soʻnggi ikki yil davomida ilk marotaba xalqaro iqtisodiy oʻsishda pasayish kuzatilganini qayd etdi. Bu haqdagi xabar euronews saytida eʼlon qilindi.

Maʼlumotlariga koʻra, joriy va kelgusi yil hisobida dunyo miqyosida yalpi ichki mahsulot hajmida oʻrtacha 3,9% oʻsish surʼati qayd etilishi kerak edi. Biroq hozirgi kunga kelib bu raqamlar 3,7 foizni tashkil qilmoqda.

Jamgʻarma hisobotida keltirilishicha, iqtisodiy oʻsishdagi salbiy natijalar dunyoda savdo boʻyicha turli bahsli vaziyatlar ortidan kelib chiqmoqda. Bunga AQSH hamda Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro savdo ziddiyatlarining kuchayishini misol sifatida keltirish mumkin.

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard turli davlatlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan savdo-iqtisodiy ziddiyatlar, joriy qilinayotgan yuqori stavkali savdo bojlari iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichiga salbiy taʼsir koʻrsatayotganini taʼkidlab, mamlakatlarni bu borada uzoqni oʻylab ish koʻrishga chaqirgan.

XVJ savdo boʻyicha bahslarning davom etishi tufayli dunyoda YAIMning oʻsishi 2020 yilga kelib 0,8 foizga kamayishi mumkinligidan ogohlantirgan.

1 735
Z.Mirzaboyeva, OʻzA