Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.05.2018 15:53 Chop etish versiyasi

Vulqon lavasi okeangacha bordi. Osmondazaharli bulutlar hosil bo‘lmoqda

Vulqon lavasi okeangacha bordi. Osmondazaharli bulutlar hosil bo‘lmoqda
Gavayi orollarida kuzatilgan seysmik faollik tufayli ikki hafta oldin sayyoramizdagi eng faol vulqonlardan biri – Kilaueauyg‘ongan edi. Undagi o‘nlab yoriqlardanotilib chiqayotgan lava oqimi aholi manzilgohi – Leilan Esteytsgachaga yetib borib,hududdagi o‘n ming aholidoimiy yashash joyidan ko‘chirildi.

O‘tgan muddat davomida Gavayidagi vaziyat hamon o‘ta xavfliligicha qolmoqda.OAVningso‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra Kilauea vulqonidan chiqayotgan lava oqimi Tinch okeani qirg‘oqlarigacha yetib borgan. Bu hududKapoxa manzilgohidan 5-6 chaqirim narida.

“Associated Press"ning yozishicha, vulqon lavasiva okean suvining reaksiyaga kirishi natijasida havoda kislotali bulutlar hosil bo‘lib, aholi zaharli havo xavfidan ogohlantirilgan.

1df9c176-4b0e-4120-bb71-005b58c87673.jpg

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, tuzkislotasi va zarralaridan iborat bulutlar ko‘z va teriga zarar yetkazib, nafas olishda muammmolarkeltirib chiqarishi mumkin.

Hozircha, Kilaueda 20 dan ziyod yoriqdan zaharli gazlar va lava oqib chiqmoqda. Olimlar vulqon faolligi yana qancha davom etishini aniqlay olmayapti.

Malohat Husanova, O‘zA
1 794