O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

12.09.2018 12:55 Chop etish versiyasi

“Viber” faoliyatida qanday muammolarga duch kelinmoqda?

“Viber” faoliyatida qanday muammolarga duch kelinmoqda?

Butun dunyo boʻylab Viber messenger foydalanuvchilari uning ishlashi bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda.

Bu haqda internet resurslarining ommaviyligini baholab boruvchi Downdetector xizmati maʼlumotlariga tayangan holda TASS xabar bermoqda.

Muammo dastlab Rossiya, Belarus, Ukraina, Polsha, Nepal va BAA davlatlarida kuzatilgan. Shuningdek, Fransiya, Germaniya, Vengriya, Italiya, Buyuk Britaniya, Amerika Qoʻshma Shtatlari va boshqa davlatlar foydalanuvchilari ham uning ishidagi nosozliklar haqida xabar qilishgan.

Maʼlumotlarga koʻra, foydalanuvchilarning 52 foizi tizimning ishlash darajasidagi sustlik, 30 foizi messenjerda yozishish imkoniyatining cheklanganligi, 17 foiz esa oʻz sahifalarida izohlar qoldirishda muammolar aniqlanganidan norozi.

D.Mamatova, OʻzA