O‘zA O`zbek

12.01.2019 11:57 Chop etish versiyasi

Venesueladagi Kongress rahbari Maduroning prezidentlik huquqini tanqid qildi

Venesueladagi Kongress rahbari Maduroning prezidentlik huquqini tanqid qildi Juma kuni Venesuelaning muxolifat nazoratidagi parlamenti rahbari, prezident Nikolas Maduroga, erkin va adolatli saylovlar oʻtkazilgunga qadar mamlakat prezidentligini oʻz zimmasiga olishga tayyor ekanini aytgan.

Xuan Xerardo Guaydo Markes bu haqda, Karakasda hukumatga qarshi namoyishlarda aytib oʻtgan. Nikolas Maduro payshanba kuni koʻpchilik tomonidan “qonunga xilof“ deb hisoblangan ikkinchi muddatga prezidentlikka qasamyod qilganidan bir kun oʻtib mamlakatda unga qarshi namoyishlar boshlangan.

Venesuela Milliy Assambleyasini boshqaruvchisi Guaydo, Maduroni “yolgʻonchi“ deb atagan va Venesuelaga konstitutsiyaviy tuzumni tiklashda jamoatchilik, qurolli kuchlar va xalqaro hamjamiyatning qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.

OʻzA
908