O‘zA O`zbek

28.08.2018 11:13 Chop etish versiyasi

Venesuelada pulning qadrsizlanishi yuqori darajaga yetdi

Venesuelada pulning qadrsizlanishi yuqori darajaga yetdi

Venesuelada pulning qadrsizlanishi oqibatida kelib chiqqan iqtisodiy nochorlik, oʻz navbatida, sogʻliqni saqlash tizimiga jiddiy taʻsir koʻrsatdi, deb xabar bermoqda Sky News sayti.

Mamlakatda inflyatsiya holati 100 foizga yetgan, kasalxonalarda tibbiyot xodimlarining ish tashlashlari kuzatilmoqda.

Sky News axborot agentligi xodimlari mamlakatdagi kasalxonalarda juda nochor ahvolga guvoh boʻlishgan. Bemorlar kasallik aravalarida, baʻzilari yerdagi toʻshaklarda katta umumiy boʻlimlarga joylashtirilgan. Sharoitlar tibbiy-sanitariya talablariga javob bermaydi.

Mahalliy tibbiyot xodimining taʻkidlashicha, kasalxonalardagi sharoit haqiqatda ogʻir. Shifokorlar, anjomlar, dori-darmon tanqisligi kuzatilmoqda. Bu holat baʻzi bemorlarning kasalligi jiddiy boʻlmasa-da, kerakli vaqtda tibbiy yordam koʻrsatilmagani oqibatida ularning bevaqt olamdan oʻtishiga sabab boʻlmoqda.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
2 308