O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Venesuela va Kolumbiya chegarasida falokat holati eʼlon qilindi

Venesuela va Kolumbiya chegarasida falokat holati eʼlon qilindi

Kecha Kolumbiyaning Venesuela bilan chegaradosh Kukuta rayonida falokat holati eʼlon qilingan. RIA Novostining yozishicha, bunga 23 fevralda qoʻshni mamlakatga yetkaziladigan gumanitar yordam va u atrofida kelib chiqadigan ehtimoliy muammolar sabab boʻlgan. 

Kukuta va Braziliyaning Rorayme rayonlarida koʻmak markazlari ochilgan. Venesuela parlamenti spikeri Xuan Guaydo ushbu markazlar 23 fevraldan mamlakatga gumanitar yordam koʻrsatishini maʼlum qilgan edi.

Hozirda koʻmak markazlariga AQSH gumanitar yordamining dastlabki qismi yetib kelgan. Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro esa gumanitar yordam boʻyicha Amerika tashabbusini “soxta tomosha“ va “harbiy aralashuv“ sifatida baholamoqda.

809
OʻzA