O‘zA O`zbek

01.02.2019 Chop etish versiyasi

Venesuela Birlashgan Arab Amirliklariga 15 tonna oltin sotadi

Venesuela Birlashgan Arab Amirliklariga 15 tonna oltin sotadi

Bu haqda Reuters Karakasdagi manbaga tayangan holda xabar tarqatdi. Uning maʼlum qilishicha, mamlakat Markaziy banki zaxiradagi oltinning maʼlum qismini yevroga sotadi.

Agentlik suhbatdoshining taʼkidlashicha, 26 yanvar kuni Venesuela bortida uch tonna oltin boʻlgan aviareysni Ar-Riyodga joʻnatdi. Mamlakat umumiy hisobda Karakasdagi Markaziy bank omboridagi 29 tonna oltinni sotishni rejalashtirgan.

31 yanvar kuni “Novaya gazeta“ning maʼlum qilishicha, Venesuelaning oltin zaxirasining Moskvada saqlanayotgan maʼlum qismi yuk samolyotida Dubayga olib borilgan va u yerda sotilgan. Shundan soʻng Rossiya yuk samolyoti pullarni Karakasga eltib bergan.

OAV maʼlumotlariga qaraganda, yanvarga qadar Rossiyada bozor narxi 1,2 million dollarga teng boʻlgan 30 tonnaga yaqin Venesuela oltini saqlangan. Bu oltinlarning qancha qismi sotilgani haqida “Novaya gazeta“ hech narsa yozmagan. Rossiya Markaziy banki oltinlar sotilgani haqidagi xabarlarni inkor qiladi.

Yanvar oyida Venesuela oltinning maʼlum qismi saqlanayotgan Angliya banki ularni mamlakat amaldorlariga berishni blokladi, deya xabar berdi Bloomberg agentligi. Bu zaxiralarni muxolifat rahbari, AQSH va Lotin Amerikasidagi koʻplab mamlakatlar tomonidan Venesuelaning vaqtincha Prezidenti deya tan olingan Xuan Guaydo olishni rejalashtirgan. U bu boradagi soʻrov bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga murojaat qildi.

1 194
OʻzA