O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

Vashingtonda namoyishchilar Oq uygacha yetib borishdi

Vashingtonda namoyishchilar Oq uygacha yetib borishdi

AQSH hukumati tomonidan koʻrilayotgan choralarga qaramasdan, mamlakatda bir necha kundan buyon norozilik namoyishlari toʻxtamayapti. Bu safar poytaxt Vashington koʻchalarini toʻldirgan bir necha yuz kishidan iborat olomon Kongress binosi oldidan yoʻlga chiqib, yurishni Oq uygacha davom ettirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bergan.

Soʻnggi manzilda namoyishchilar shaharda komendantlik holati eʼlon qilingan boʻlsada, oʻsha yerda toʻplanib turgan yana yuzlab aholi vakillariga qoʻshildi.

Oq uy yonidagi Lafayet xiyoboniga kirish yoʻlaklari haliyam yopiq, u joyni Milliy gvardiya va politsiya qoʻriqlamoqda. Hozircha kuch ishlatar tizimlar vakillari boʻlib oʻtayotgan voqealarga aralashayotgani yoʻq.

Oq uyga yetib kelgach, qoʻzgʻolonchilarning aksariyati tarqalib ketdi. Hodisa joyida 100 ga yaqin kishi, jumladan kam sonli jurnalistlar qoldi.

Maʼlumki, ayni payt AQSH shaharlari boʻylab davom etayotgan norozilik namoyishlariga Minneapolisda politsiyachining zoʻravonligi oqibatida qora tanli Amerika fuqarosi Floydning vafot etishi sabab boʻlmoqda.

1 928
OʻzA