O‘zA O`zbek

01.02.2019 15:40:01 Chop etish versiyasi

Ukrainada prezidentlik saylovlari 31 martda boʻladi


Ukraina prezidentligiga nomzod, “Muxolif blok – tinchlik va taraqqiyot Partiyasi” aʼzosi Aleksandr Vilkul mamlakatda parlament boshqaruvini joriy qilishni nazarda tutuvchi yangi konstitutsiyani umumxalq referendumi orqali qabul qilish taklifini bildirdi. 

Vilkul ukrain konstitutsiyasi maʼnaviy eskirganini va uni oʻzgartirish kerakligini taʼkidlagan. “Yangi konstitutsiya avlodlar farovonligiga poydevor boʻladi”, deydi u “ICTV” telekanali efirida. 

Ukrainada prezidentlik saylovlari 31 martda boʻladi, hozirgacha prezidentlikka 20 dan ortiq nomzod roʻyxatga olingan.