O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Ukraina Prezidenti matbuot vakillari bilan yuzma-yuz muloqotni boshladi. Uchrashuv 10 soat davom etadi

Ukraina Prezidenti matbuot vakillari bilan yuzma-yuz muloqotni boshladi. Uchrashuv 10 soat davom etadi

Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiy payshanba kuni matbuot vakillari bilan yuzma-yuz muloqotni boshladi. Uchrashuv 10 soat davom etadi. Tadbir translyatsiyasi mamlakatning asosiy televizion kanallari tomonidan amalga oshirilmoqda. 

Ukraina Prezidenti matbuot kotibi Yuliya Mendelning ma’lum qilishicha, uchrashuvda ishtirok etish uchun 300 ga yaqin jurnalist akkreditatsiyadan o‘tgan. 

Zelenskiyning matbuot bilan muloqot qilishi uchun Ukraina poytaxtidagi Kyiv Food Market gastronomik markazi tanlangan. 
Matbuot anjumani davlat rahbarining bir-birini almashtirib turadigan kichik guruhli jurnalistlar bilan davra suhbati shaklida o‘tkaziladi. Har bir guruhga yetti-o‘ntadan matbuot vakillari kiritilgan. Ular ajratilgan vaqt davomida Zelenskiyga o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishlari mumkin. Ukraina ommaviy axborot vositalarining ko‘plab vakillari ushbu format ko‘plab jurnalistlarning prezidentga savol berish imkoniyatini cheklashini ta’kidlagan. 

Uchrashuv davomida jurnalistlar Zelenskiyga ukrain va rus tillarida savollar berishlari mumkin. 

Ukraina Prezidentining birinchi guruh muxbirlari bilan uchrashuvi chog‘ida bitta xorijiy jurnalist - Amerika telekanalining muxbiri ham ishtirok etgan. 

1 758
Malohat HUSANOVA, O‘zA