O‘zA O`zbek

13.09.2019 Chop etish versiyasi

Ukraina prezidenti: Donbassga tinchlik faqat diplomatiya orqali qaytadi

Ukraina prezidenti: Donbassga tinchlik faqat diplomatiya orqali qaytadi

Ukraina davlat rahbari Vladimir Zelenskiyga ko‘ra, Donbassda tinchlikka erishishning yagona yo‘li diplomatiya orqalidir.

“Biz urushni tugatishimiz va o‘z hududlarimizni qaytarishimiz kerak. Men buni diplomatiya orqali amalga oshirish birdan-bir yo‘l ekanligini ko‘p marotaba aytdim. Va kuchli va samarali qurollar bu aynan sanksiyalardir“, degan Zelenskiy, YES forumi doirasida.

Uning fikricha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar Donbassda tinchlik o‘rnatilgunga qadar saqlanishi kerak, ammo ba’zida xalqaro sheriklar cheklovlarni olish haqida gapirishadi. Zelenskiyga ko‘ra, sanksiyalar tinchlik uchun soliqlarning bir turi. “Agar xohlasangiz, bu dunyo uchun ham soliqdir. U yangilanmaguncha sanksiyalar saqlanishi kerak“, deya qo‘shimcha qilgan Ukraina prezidenti. 

550
O‘zA